Bayden ovcharkasi sababli oyog‘ini sindirib oldi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden ikki kun oldin, 28 noyabrda iti bilan o‘ynayotganda toyib ketib, o‘ng oyog‘ini shikastlab olgan. Kompyuter tomografiyasi tekshiruvida siyosatchining oyog‘i singani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda uning shifokori Kevin O'Konnor tasdiqladi

Qayd etilishicha, siyosatchi bir necha hafta davomida maxsus poyabzal kiyishga majbur bo‘ladi.

Bayden va uning rafiqasi Jillda ikkita nemis ovcharkasi bor. Er-xotin Major nomli ovcharkani 2018 yilda, Champ nomli ovcharkani esa 2010 yilda sotib olgan. Baydenning oyog‘i sinishiga Major sabab bo‘lgan. 

Avvalroq, Bayden juftligi kelajakda AQSH Prezidenti va birinchi xonimi bo‘lishlari uchun ularga bildirilgan ishonchga minnatdorlik bildirishgandi

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. AQSH Prezidenti nomini e’lon qiladigan Saylovchilar kollegiyasi yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN OVChARKA

Baholaganlar

546

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing