Bayden pandemiya sharoitida inauguratsiya marosimi qanday o‘tkazilishini aytdi
Olam
−
05 dekabr 2020
2630AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden koronavirus pandemiyasi sharoitida inauguratsiya marosimini qanday tashkil etish haqida gapirdi.
Bayden marosimda amerikaliklarning xavfsizligi birinchi o‘rinda bo‘lishini ta’kidlagan.
Shuningdek, u ushbu marosim ilmiy maslahatlarga asoslanib, ekspertlarning fikrini hisobga olgan holda tashkil etilishini aytgan.
Xususan, Bayden Pensilvaniya-avenyu bo‘ylab o‘tkaziladigan inauguratsiya paradini bekor qilishga ruxsat bergan.
Shuningdek, demokrat pandemiyaga qaramay, amerikaliklarga ushbu hodisani nishonlash uchun imkoniyat berish kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning navbatdagi Prezidenti inauguratsiyasi 2021 yilning 20 yanvarida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga asosiy da’vogarlar demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp edi. 7 noyabr kuni AQSHning yetakchi ommaviy axborot vositalari Baydenning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini malum qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.
LiveBarchasi