Nyu-Yorkda namoyishchilar orasiga mashina bostirib kirdi

Olam

image

Kecha, 11 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shtatida namoyishchilar guruhi orasiga mashina bostirib kirgan. Bu haqda "The New York Times" xabar bermoqda. 

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan keyin Manxetten hududida sodir bo‘lgan. 

Manbaga ko‘ra, avtomobil namoyishchilarni itarib, keskin oldinga qarab yurgan va keyin chorrahadan o‘tib, piyodalarni, shu jumladan velosiped haydayotganlarni ham yiqitgan. 

Hodisa natijasida yetti kishi jarohat olgan, ularning ba’zilari shifoxonaga yotqizilgan. Avtotransport vositasini ayol kishi boshqargan. U voqea sodir bo‘lgan joyni tark etishga urinmagan va politsiya xodimlarini kutgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar Nyu-Jersidagi qamoqxonalardan biridagi och mahbuslarni himoya qilish maqsadida uyushtirilgan. Namoyishda 40-50 kishi ishtirok etgan. Hozirda odamlarga urilgan avtomobil haydovchisi hibsga olingan va so‘roq qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NAMOYIShLAR

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing