Tramp ustidan yana jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Olam
−
09 iyun 2023
5312AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp yana sudga berildi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Meni seshanba (13 iyun) kuni soat 15:00 da Mayamidagi federal sudga chaqirishdi”, deb yozgan Tramp.
Aytilishicha, sobiq prezident lavozimidan ketganidan so‘ng o‘z mulkida aniqlangan maxfiy hujjatlar yuzasidan sudga chaqirilgan. Prokuratura unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Bunga javoban Donald Tramp o‘zining aybsizligini e’lon qilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning avgust oyida AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida 11 to‘plam maxfiy hujjatlarni musodara qilgan. U yerdan hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin quti olib chiqilgan. Ularning orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounni afv etish to‘g‘risidagi farmon hamda “Fransiya Prezidenti” haqidagi ba’zi ma’lumotlar, shuningdek, “o‘ta maxfiy” deb tasniflangan, faqat “maxsus davlat muassasalari”da saqlanishi mumkin bo‘lgan materiallar ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel va may oylarida ham Donald Tramp sud qilingandi. Ularning birida sobiq prezident tomonidan saylovoldi kompaniyasi davomida porno aktrisa Stormi Deniyelsga pul to‘langani ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, yana birida u jurnalist Elizabet Jin Kerrolni zo‘rlaganlikda ayblangandi.
LiveBarchasi