Trampni 136 yillik qamoq jazosi kutmoqda – OAV

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp “Trump Organization” tashkilotining birinchi darajali moliyaviy hisobotlarini soxtalashtirishda 34 ta ayblov bo‘yicha 136 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda “Fox News” telekanali ma’lum qildi.

“Shu bilan birga, agar Oq uyning sobiq rahbari ayblovlarning bir qismi yoki barchasi bo‘yicha aybdor deb topilsa, haqiqiy muddat ancha past bo‘lishi mumkin”, deyiladi telekanal xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, moliyaviy hisobotlarni qalbakilashtirish Nyu-Yorkda qonunbuzarlik hisoblanadi, ammo jinoyatchi buni boshqa jinoyat sodir etish yoki uni yashirishga yordam berish uchun qilgan bo‘lsa, bu maksimal to‘rt yillik qamoq jazosi bo‘lishi mumkin. Shunda 34 ta ayblov 4 yildan hisoblanganda u 136 yillik qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Nyu-York okrugi prokurori Elvin Bregga ko‘ra, saylovda nomzodni noqonuniy yo‘llar bilan ilgari surish jinoiy fitna ham bo‘lishi mumkin.

"Jami 130 000 dollarlik dastlabki maxfiy to‘lovni yashirish uchun Nyu-Yorkdagi moliyaviy hisobotlarga 34 ta noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan", deydi Bregg.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 aprel kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp rasman hibsga olingandi va qo‘yib yuborilgandi.

Shuningdek, sobiq porno aktrisa Stormi Deniyels AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan aloqada bo‘lgani, Tramp 2016 yilgi prezidentlik saylovi arafasida buni yashirish uchun aktrisaga "Trump Organization"ning moliyaviy hujjatlarini qalbakilashtirish orqali pul to‘lagani aytilgandi. Kecha, 4 aprel kuni Nyu-Yorkdagi sud jarayonida esa prokuror yana bir ayol, “Playboy” jurnali modeli Karen Makdugal ham Tramp bilan yaqin munosabatda bo‘lganini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp qamoq jazosi sobiq prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing