Tramp jinoyatda ayblangan birinchi AQSH prezidenti bo‘ldi

Olam

image

Manxettendagi katta hakamlar hay’ati AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni shaxsiy, siyosiy va biznes munosabatlariga oid ko‘p yillik tekshiruvlardan so‘ng jinoyatda aybladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ayblovlarning aniq tabiati noma’lum bo‘lsada, ular 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi davomida Trampning porno aktrisa Stormi Deniyels bilan aloqasini sir saqlash maqsadida aktrisaga pul to‘lagani va buning uchun Trump Organization’ning moliyaviy hujjatlarini  qalbakilashtirgani bilan bog‘liq. Prokurorlar Trampning taslim bo‘lishini muvofiqlashtirish ustida ish olib borayotganini, bu kelasi hafta boshida sodir bo‘lishi mumkinligini aytgan. 

Ta’kidlash joizki, bu AQSH tarixida birinchi marta amaldagi yoki sobiq prezident jinoyatda ayblanishi. To‘g‘ri, sobiq prezidentlardan biri 1872 yilda ot aravasida tezlikni oshirgani uchun hibsga olingan, biroq u ayblanishdan qochgan.

Qaysidir ma’noda, sobiq davlat rahbarining jinoyatda ayblanishi va hatto qamoqqa tushishi ham yangilik emas. Bu butun dunyoda asrlar davomida sodir bo‘lgan: yuzlab prezidentlar, bosh vazirlar va harbiy rahbarlar saroylardan chiqib, to‘ppa-to‘g‘ri qamoqxonaga kirib ketgan. Lekin Amerika o‘zini istisno deb, Vashingtonni esa dunyo uchun axloqiy va demokratik mayoq bo‘lgan tepalikdagi shahar, deb biladi.

Demak, mazkur holat faqat Donald Tramp uchungina muammo emas. Bu Amerikaning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga yana bir zarba bo‘ladi. Yetmaganiga mamlakatga boshqa jiddiy zarbalar ham xavf solmoqda. Mamlakat ikkiga bo‘lingan: shimol janubga qarshi; qirg‘oqlar markazga – barchasi xalqni parchalab tashlaydigan madaniy urushlar bilan chambarchas bog‘liq. Bularning barchasiga Xitoyning Ukrainadagi qat’iyligi va Rossiyaning tajovuzkorligini qo‘shsak, butun dunyo bo‘ylab uning mavqeiga tahdid soladigan ko‘plab jabhalarda geosiyosiy muammolar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lamiz. Tarixchilar XX asrni Amerika asri deb atashadi. Xo‘sh, ular bu asrni ham xuddi shunday nomlay oladimi?


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing