Tramp tomoni Baydenning g‘alabasini asta-sekin tan olyapti

Olam

image

AQSHdagi prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘olib bo‘lishga yaqin. Bu haqda amaldagi Prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen aytib o‘tgan. 

"Agar Bayden va Xarris g‘olib bo‘lsa, biz Milliy Xavfsizlik Kengashi ishlarini professional tarzda topshirishga tayyormiz", degan O'Brayen. 

Avvalroq, prezidentlik kursisini osonlikcha berib qo‘yishni istamayotgan va AQSHda o‘tgan saylovlarga ishonchsizlik bildirayotgan Tramp Twitter’dagi sahifasida o‘zini mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlar g‘olibi sifatida e’lon qilgandi. 

AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ko‘plab davlat yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklamoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN TRAMP

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing