Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
Jamiyat
−
23 dekabr 2025 6857 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon suhbati o‘tkazib, O‘zbekiston yetakchisini G20 sammitida mehmon sifatida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda u bugun, 23 dekabr kuni o‘zining “Truth Social”dagi sahifasida yozdi.
“Bugun ertalab Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki ajoyib telefon suhbati o‘tkazdim. Biz davom etayotgan mojarolarda tinchlikka erishish muhimligi, shuningdek mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik. Har ikkala mamlakat bilan munosabatlarimiz a’lo darajada.
Kelasi yili Qo‘shma Shtatlar G20 sammitiga mezbonlik qiladi va biz ushbu juda muhim tadbirda mehmon sifatida ishtirok etish uchun har ikki yetakchiga taklifnoma yuboramiz. Sammit Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi”, deb yozgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali gaplashgani haqida xabar berilgan edi. Yetakchilar ikki tomonlama kun tartibi hamda joriy xalqaro vaziyat, jumladan Ukraina masalasi yuzasidan atroflicha fikr almashgan. Qosim-Jomart To‘qayev joriy yil noyabr oyida Vashingtonga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga tayyor ekanini tasdiqlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025