Tramp Rossiya iqtisodiyoti og‘ir ahvolda ekanini aytdi
Olam
−
26 Sentabr 2025 4445 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya iqtisodiyoti Ukrainadagi urush tufayli og‘ir ahvolda ekanini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari kecha, 25 sentyabr kuni jurnalistlar bilan o‘tkazgan muloqotida so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “hammasini xavf ostiga qo‘ygan” va iqtisodiyot “katta muammolarga uchrayapti”.
Bu Trampning birinchi bayonoti emas, u yaqinda BMT Bosh Assambleyasi doirasida Zelenskiy bilan uchrashuvdan keyin ham Rossiya iqtisodiyotini “dahshatli ahvolda” deb atagan edi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa buning aksini ta’kidlab, mamlakat iqtisodiyoti hali retsessiyadan yiroq, sanoat, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘sish borligini aytgan.
Kreml vakili Yuriy Ushakov Trampning keskin gaplarini “suhbatdoshlariga yoqishga qaratilgan ritorika” deb baholagan va vaziyat ancha murakkab ekanini qo‘shimcha qilgan.
Shuningdek, Tramp Rossiyaga qarshi “juda jiddiy boj to‘lovlari paketi” bilan tahdid qilgan. Moskva esa G‘arb sanksiyalarini noqonuniy deb hisoblab, iqtisodiyot ma’lum darajada ularga “immunitet hosil qilganini” aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Komissiyasi Rossiya gazi va banklariga nisbatan yangi cheklovlar to‘plamini imzolagandi.
Live
Barchasi