Tramp Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkinligini e’lon qildi

Olam

image
Tramp Zelenskiyga xavfsizlik kafolatini va’da berdi north_east

Tramp Zelenskiyga xavfsizlik kafolatini va’da berdi

AQSH va Rossiya Prezidentlari – Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi Alyaskadagi sammitdan so‘ng Ukrainani tinch yo‘l bilan tartibga solishni muhokama qilish uchun navbatdagi uchrashuv Kreml rahbari va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi yoki Putin, Zelenskiy va Trampning uchrashuvi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Donald Trampning o‘zi kecha, 13 avgust kuni Yevropaning qator davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, shu maqsadda Berlinga borgan Vladimir Zelenskiy bilan yopiq videokonferensiya orqali muloqot qilganidan ko‘p o‘tmay ma’lum qildi.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv yaqin orada bo‘lib o‘tishi mumkin, biroq 15 avgust kuni Putin va Trampning Alyaskadagi muzokaralari muvaffaqiyatli o‘tishi sharti bilan.

O‘z navbatida, “Reuters” agentligi manbalarga tayanib, “Yevropa va Yaqin Sharqdagi shaharlar” Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha yangi uchrashuv o‘tkazish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rilayotganini yozdi.

Shu bilan birga, Donald Tramp agar Vladimir Putin 15 avgust kuni u bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatmasa, Moskva “juda og‘ir oqibatlarga” duch kelishidan ogohlantirdi.

“Associated Press” agentligining xabar berishicha, AQSH Prezidenti Vashingtondagi Kennedi markazidagi marosimdan so‘ng matbuot vakillari savollariga javob berar ekan, bu haqda shunday bayonot bergan. Biroq u bu “og‘ir oqibatlar” qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq, Putin va Trampning Alyaskadagi uchrashuvi oldidan pozitsiyalarni muvofiqlashtirish maqsadida Tramp, Yevropa yetakchilari va Vladimir Zelenskiy bilan yopiq videokonferensiya tashkil qilgan Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSH Prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirish niyatida ekanini aytdi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham o‘z mamlakatida alohida bayonot berib, xuddi shu narsani ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Putin bilan uchrashuvda o‘t ochishni to‘xtatishga erishmoqchi ekanini “juda aniq ko‘rsatgan”.

O‘z navbatida, Vladimir Zelenskiy Berlinda Mers bilan qo‘shma matbuot anjumanida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish Alyaskadagi sammitning “markaziy mavzusi”ga aylanishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, u Putin “aniq tinchlikni istamasligini” ta’kidlab, G‘arb ittifoqdoshlarini natija bo‘lmaganda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Evropa Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing