Qirğiziston Rossiya armiyasiga yollangan fuqarosini qaytarişni talab qildi
Olam
−
20:28 313 2 daqiqa
Qirğizistonning Rossiyadagi elçixonasi mamlakat Taşqi işlar vazirligiga “noma’lum şaxslar tomonidan amalga oşirilgan firibgarlik harakatlari oqibatida” Ukrainadagi uruşga Rossiya armiyasi safidan yollangan fuqarosini vataniga qaytariş çaqiriği bilan nota yubordi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, notada gap Qirğizistonning Talas viloyatidan bölgan 21 yoşli Elistan Toktogulov haqida bormoqda. Yigit 2026 yilning kuzida ijtimoiy tarmoqlarda göyoki Rossiyada yaşovçi yurtdoşining e’loniga duç kelgan. Yollovçi Toktogulovga Qirğizistondagi örtaça daromaddan uç baravar yuqori bölgan 110 ming rubl iş haqi evaziga Rossiyada soqçilik va haydovçilik kabi bir neçta fuqarolik böş iş örinlarini va’da qilgan.
Elistan özga yurtga jönab ketgan, u yerda uni aldov yöli bilan Mudofaa vazirligi bilan kontrakt imzolaşga majbur qilişgan va Ukrainadagi jangovar harakatlarga tayyorgarlik köriş uçun Voronej viloyatidagi poligonga yuborişgan. Yigit aloqaga çiqişga muvaffaq bölgan Toktogulovning yaqinlari 3 noyabr kuni Manas şahrida piketga çiqqan va hokimiyatga qarindoşlarini armiyadan qaytarişni sörab videomurojaat e’lon qilgan. Rasmiy Bişkek tez orada vaziyatga aralaşib, Rossiya tomonini nafaqat rekrutni qöyib yuborişga, balki “aybdor şaxslarni aniqlaş va ularni qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortişni ta’minlaş” uçun Toktogulovning yollangani holatini tekşirişga çaqirgan.
Şu bilan birga, Qirğiziston rasmiylari Rossiyada bölib turgan öz fuqarolariga armiyaga yolpaniş xavfi tahdid solayotganidan ogohlantirgan.
“Taşqi işlar vazirligi Qirğiziston fuqarolariga yuzaga kelişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarning oldini oliş maqsadida kontraktlar va boşqa şartnomalarni imzolaşdan oldin ularning mazmunini sinçkovlik bilan örganib çiqişni, öz zimmalariga olayotgan majburiyatlari va huquqiy oqibatlariga alohida e’tibor qaratişni tavsiya qiladi”, deyiladi notada.
BMT Boş assambleyasining Ukrainadagi uruş paytidagi jinoyatlarni tekşiriş böyiça mustaqil komissiyasi oktyabr oyi oxiridagi maxsus hisobotida Rossiya armiyasiga aldov yoki majburlaş yöli bilan yollangani holatlari kamida 29 ta mamlakatdan kelganlarga nisbatan allaqaçon isbotlanganini ma’lum qilgan. Ularning orasida nafaqat sobiq SSSR respublikalari, balki Afrika, Lotin Amerikasi, Yaqin Şarq va Janubiy Osiyo mamlakatlari fuqarolari bor.
Live
Barchasi