Tramp, Putin va Makron Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuv bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Olam

image

AQSH, Rossiya va Fransiya Prezidentlari - Donald Tramp, Vladimir Putin va Emmanuel Makron Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida boshlangan qurolli to‘qnashuv bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqdi.

Prezidentlar Tog‘li Qorabog‘ mojarosidagi qarama-qarshilik liniyasida kuch ishlatishning kengashini qat’iy qoralagan. Davlat rahbari Armaniston va Ozarboyjon rahbarlarini zkdlik bilan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralarni hech qanday shartlarsiz qayta boshlashga chaqirdi.

“Biz Armaniston va Ozarboyjon rahbarlarini zudlik bilan, vijdonan va YeXHT Minsk guruhi hamraislari ko‘magida kelishuv bo‘yicha muzokaralarni tiklash uchun hech qanday shartlar qo‘ymasdan o‘z zimmalariga majburiyatlarni olishga chaqiramiz”, deyiladi AQSH, Fransiya va Rossiya davlat rahbarlarining bayonotida.

Prezidentlar, shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ mojarosida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Tog‘li Qorabog‘da ikki davlat o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar to‘rt kundan beri davom etyapti. Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

255

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing