Tramp Oq uydan chiqmaslik bilan tahdid qilmoqda

Olam 13317
image

AQSH Prezidenti Donald Tramp saylangan Prezident Jo Baydenning inauguratsiyasi kuni Oq uyni tark etmasligini aytdi. Bu haqda Trampning ismi oshkor qilinmagan maslahatchilari CNN telekanaliga xabar bergan.

“Telekanalning ta’kidlashicha, davlat rahbari bu haqda chuqur inkor ohangida gapirgan. U la’nati g‘azabini bosolmayapti. Aslida u ketmoqchi”, deya ta’kidlagan ulardan biri.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabrda AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan sobiq vitse-prezident Jozef Bayden saylov kollegiyalari tomonidan rasman davlat rahbari etib saylandi.

Saylovchilar kollegiyasi Baydenning g‘alabasini tasdiqladi. Demokrat Prezident etib saylanish uchun kerak bo‘lgan 270 ta ovozni oldi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 712
Reyting: 3
Teglar
t
×