Tramp Oq uyda UFC jangini o‘tkazmoqchi
Olam
−
04 iyul 4490 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp kelasi yil Musaqillik bayramida Oq uy hovlisida UFC jangini o‘tkazmoqchi. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Har bir milliy bog‘ va tarixiy joylarda Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan maxsus tadbirlar o‘tkaziladi. Biz UFC jangini ham tashkil qilamiz – bir o‘ylab ko‘ring – Oq uy hovlisida”, dedi Tramp.
Qayd etilishicha, mazkur xabar jiddiy aytilgan bo‘lib, Oq uy rasmiylari ham buni tasdiqlagan.
“UFC tadbirini Oq uy hududida o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borayapmiz”, dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.
Qayd etish joiz, Donald Trampning UCF prezidenti Dana Uayt bilan aloqalari yaxshi. U 2024 yilgi saylovda Trampning asosiy tarafdorlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, Tramp UFC jangini bevosita tomosha qilgan AQSH Prezident hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgustida Donald Tramp UFC jangchisi Jastin Getjni golf o‘yiniga taklif qilgan. Shuningdek, 2020 yilgi saylov kompaniyasi doirasida Nevada shtatida nutqida rossiyalik sportchi Xabib Nurmuhamedov va amerikalik Jastin Getji o‘rtasidagi jangni tomosha qilishini aytgan.
Dilshod Hakimov
Live
Barchasi