Tramp oilasidan yana bir kishi koronavirusga chalindi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning katta o‘g‘li kichik Donald Tramp koronavirusga chalindi. Bu haqda "Bloomberg" vaziyatdan xabardor odamlarga asoslanib xabar bergan.

Agentlikka ko‘ra, Amerika rahbari o‘g‘lining koronavirusga topshirgan testida musbat natija aniqlangan. 

Qayd etilishicha, kichik Tramp o‘zini o‘zi yakkalashga kirishgan. Unda kasallik alomatlari kuzatilmagan.

Ma’lumot uchun, kichik Donald Tramp tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. U AQSHning 45-Prezidenti Donald Tramp va uning birinchi turmush o‘rtog‘i chexiyalik model Ivana Trampning to‘ng‘ich o‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyining boshida Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda ham koronavirus aniqlangan edi

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 12 milliondan oshgan. 260 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS DONAL'D TRAMP KIChKINA

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing