Tramp Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirishni buyurdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi va Alyaskadagi Denali cho‘qqisini Mak-Kinli deb o‘zgartirishni buyurdi. Bu haqda AQSH Ichki ishlar departamenti xabar berdi.

“Bu o‘zgarishlar AQSHning noyob merosini saqlashga bo‘lgan intilishini va kelajakdagi avlodlarga qahramonlarning xotiralarini va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash imkoniyatini yaratishni tasdiqlaydi”, deyiladi departament bayonotida.

“Reuters”ga ko‘ra, endi departament yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan AQSH Geografik nomlar kengashi mamlakatning Geografik nomlar axborot tizimidagi ma’lumotlarni yangilashi kerak. Biroq buning xalqaro miqyosda tan olinishi ehtimoldan yiroq.

Eslatib o‘tamiz, Tramp ilk bor joriy yil 7 yanvar kuni Meksika ko‘rfazining nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum Amerika Qo‘shma Shtatlarini “América Mexicana”, ya’ni “Meksika Amerikasi” deb atashni taklif qilgandi. Uning fikricha, bu taklif tarixiy asosga ega. Xususan, Sheynbaum 1607 yilga oid tarixiy xaritani dalil sifatida keltirgan. Ushbu xarita Dutch Ost-India kompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra yaratilgan bo‘lib, unda zamonaviy AQSH hududi “Meksika Amerikasi” sifatida ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Amerika ko'rfazi Meksika ko'rfazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing