Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Tramp ma’muriyati ixtiyoriy deportatsiya uchun yangi ilovani ishga tushirdi

Olam

image

AQSHda migrantlar uchun o‘z ixtiyori bilan deportatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan ilova ishga tushirildi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSHda Donald Tramp ma’muriyati CBP Home nomli yangi mobil ilovani ishga tushirgan.  CBP Home – AQSH Bojxona va chegara nazorati xizmati (CBP) tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu ilova foydalanuvchilarga mamlakatni tark etish niyati haqida rasmiy xabar berish imkonini taqdim etadi.

AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemga ko‘ra, ushbu ilova migrantlarga kelajakda qonuniy tarzda mamlakatga qaytish imkoniyatini taqdim etadi.

“CBP Home ilovasi chet elliklarga hozir ketib, o‘zlarini mustaqil deportatsiya qilish imkoniyatini beradi, shu orqali ular kelajakda qonuniy ravishda qaytib, “Amerika orzusi”ni amalga oshirishlari mumkin. Agar bunday qilmasalar, biz ularni topamiz, deportatsiya qilamiz va ular boshqa qaytib kela olmaydi”, deydi u.

CBP Home ilovagasicha migrantlar CBP One orqali mamlakatga kirish uchun suhbatga yozilishi mumkin edi. Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan ushbu dasturni bekor qilib, barcha suhbat tayinlashlarini annulirovka qildi.

Ma’lumot uchun, Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda. 2025 yil 11 apreldan boshlab, AQSHda noqonuniy tarzda yashovchi shaxslar federal idoralarda ro‘yxatdan o‘tishlari shart, aks holda jarima yoki qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 fevral kuni AQSHdan deportatsiya qilingan fuqarolarning bir qismi Kosta-Rika olib borilgandi va ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp ixtiyoriy deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing