Tramp ketishidan oldin 73 kishini afv etdi. Ular orasida o‘zi va oilasi yo‘q

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp 73 kishini afv etishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, afv etilganlar orasida firibgarlikda va mablag‘larni talon-toroj qilishda, shuningdek, Trampni faol qo‘llab-quvvatlashda ayblangan Trampning sobiq maslahatchisi Stiven Bennon ham bor. 

Shuningdek, ro‘yxatga AQSH Respublikachilar partiyasining siyosiy maslahatchisi Pol Erikson ham kiritilgan, bir qator Amerika ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, u oldin Mariya Butina ismli rus ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

Davlat rahbari yana 70 kishi uchun jazoni yengillashtirishga qaror qilgan. 

Afv etilganlar qatoriga Trampning o‘zi va uning oila a’zolari kiritilmagan. 

Shuningdek, ushbu ro‘yxatda Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj va sobiq Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi Edvard Snouden ham yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp o‘tgan yilning dekabr oyida 2017 yilgi inauguratsiya fondidagi mablag‘larning o‘zlashtirilishi bo‘yicha so‘roq qilingandi. 

Keyin esa, Tramp davlat rahbari lavozimidan ketishidan oldin bir qator shaxslarni, shu jumladan farzandlari va advokatini ham afv etishni rejalashtirgani aytilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar – demokrat Jo Bayden va amaldagi rahbar, respublikachi Donald Tramp edi.

Ommaviy va saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden saylovda g‘alaba qozondi. Bugun, 20 yanvar kuni AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning inauguratsiya marosimi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing