Tramp Qozog‘istonga kelishi mumkin
Olam
−
08 Sentabr 6695 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Qozog‘istonga tashrif buyurish ehtimoli borligini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 7 avgust kuni Oq uyda jurnalistlar savoliga javoban aytdi.
Dastlab, jurnalist Trampga: “Qozog‘istonga yoki Markaziy Osiyoga ham tashrif buyurasizmi?”, deya savol bergan. Tramp esa bu bo‘lishi mumkinligini aytgan.
“Men u yerga borishim mumkin. Sizning Prezidentingiz yaxshi inson. Unga salom ayting”, deya Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart-To‘qayevga salom yo‘llagan Tramp.
U, shuningdek, Qozog‘iston rahbari bilan “zo‘r suhbat” o‘tkazganini qo‘shimcha qilgan.
Qayd etish joiz, 1 avgust kuni Tramp 60 dan ortiq davlat va Yevropa Ittifoqidan kelayotgan tovarlarga 15 foizdan 41 foizgacha boj joriy etish haqidagi farmonga imzo chekkan edi. Qozog‘iston uchun boj stavkasi 25 foiz etib belgilandi. Bunga izoh sifatida Tramp To‘qayevga maktub yuborgan, Qozog‘iston rahbari esa javob xatida kelishuvga erishilishiga ishonch bildirgan. Qozog‘iston Savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Vashingtonga vaziyatni hal qilish bo‘yicha takliflar taqdim etilgan. Mazkur bojlar respublikaning AQSHga eksport qilinadigan mahsulotlarining qariyb 5 foiziga ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tgandi. Mirziyoyev suhbat davomida Trampni O‘zbekistonga taklif qilgan.
Live
Barchasi