“Kattalar” davrasi: APEC sammitining birinçi kunida nimalar böldi?
Olam
−
12:47 220 6 daqiqa
Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari – Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpin Şençjendagi APEC sammitining birinçi kunida uyuştirilgan qabul marosimida qisqaça suhbatlaşdi. Bugun, 19 noyabr kuni uç davlat yetakçilarining uşbu formatdagi ilk yuzma-yuz muzokaralari belgilangan. Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, Eron va yadroviy qurolsizlaniş masalalarini muhokama qilmoqçi. Uç tomonlama uçraşuvdan oldin u Si bilan alohida muzokaralar ötkazadi. Bugun, 19 noyabr kuni Berlinda Ukraina ittifoqçilari xavfsizlik kafolatlari va Kiyevga keyingi yordam masalalarini muhokama qiliş uçun töplanadi.
Sammit qayerda ötmoqda va kimlar bordi?
Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) yetakçilarining 33-uçraşuvi 18–19 noyabr kunlari Xitoy janubida, Gonkong yaqinida joylaşgan Şençjen şahrida bölib ötmoqda. Sammitga Si Szinpin raislik qilmoqda. Forumning işbilarmonlik qismi bir kun avval Syanxay xalqaro konferensiyalar markazida boşlandi. Unda BYD, CATL, Baidu, Google, Boeing va boşqa kompaniyalar vakillari iştirok etdi.
APEC tarkibiga 21 ta iqtisodiyot kiradi, jumladan, AQŞ, Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Kanada, Meksika va Avstraliya. Gonkong alohida iştirok etadi, Tayvan esa “Xitoy Taybeyi” nomi ostida qatnaşadi. Sammitning rasmiy broşyurasida aytilişiça, iştirokçilar hissasiga jahon YAIMning 61 foizi va tovarlar hamda tijorat xizmatlari jahon savdosining 46 foizi töğri keladi.
Birinçi kunda nimalar sodir böldi?
Putin mahalliy vaqt bilan tungi soat ikkilar atrofida Baoan aeroportiga uçib bordi. Uni Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi Doimiy qömitasi a’zosi Say Si kutib oldi. Ertalab işbilarmonlik forumida Si va Putin nutq sözlaşdi. Şundan söng, ular ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi, undan keyin esa Putin Moskva davlat universiteti va Pekin politexnika institutining qöşma universitetiga yöl oldi. Keyinroq, u Vetnam Prezidenti To Lam bilan uçraşdi. Xanoy xabariga köra, ular atom energetikasi va suyultirilgan gaz yetkazib beriş sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan.
Tramp kunning ikkinçi yarmida Maniladan uçib bordi. Filippinda u Prezident kiçik Ferdinand Markos bilan uçraşdi hamda AQŞ, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya yetakçilari uçraşuvida iştirok etdi. Şençjenda Si Trampni samolyot trapi oldida şaxsan kutib oldi. “Reuters” ma’lumotlariga köra, Si XXR Raisi sifatida ilk bor xorijiy yetakçini kutib oliş uçun aeroportga özi borgan. Sentyabr oyida Tramp ham Vaşington yaqinida Sini xuddi şunday kutib olgan edi.
Umumiy qabul marosimiga qadar Tramp Meksika Prezidenti Klaudiya Şeynbaum va Kanada Boş vaziri Mark Karni bilan uçraşişga ulgurdi. Şeynbaum suhbatni “juda yaxşi” deb atadi. Meksika Şimoliy Amerika savdo kelişuvining kelajagi böyiça muzokaralar fonida Amerika bojlari yumşatilişiga erişmoqçi. Karni idorasida ma’lum qilinişiça, Kanada va AQŞ savdo bitimi ustida işlaşni davom ettirişga kelişib olgan.
Keçqurun Si va uning rafiqasi Pen Liyuan delegatsiyalar uçun qabul marosimi uyuştirdi. Umumiy suratga tuşişdan oldin Putin Trampning oldiga bordi, ular qöl berib körişdi va özaro salom-alik qildi. Söngra suhbatga Si ham qöşildi. Tomonlar suhbat mazmunini oşkor qilmadi.
Putin Rossiya 2035 yilda APEC’ga raislik qiliş uçun ariza topşirganini e’lon qildi. Uning sözlariga köra, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi hissasiga Rossiya taşqi savdo aylanmasining 53 foizi töğri keladi (2014 yilda bu körsatkiç çorak qismdan sal köproqni taşkil etgan). U mintaqaga oziq-ovqat va öğitlar yetkazib berişni kengaytirişni taklif qildi hamda 2027 yil 1 yanvardan Uzoq Şarq va Arktikada investorlar uçun yagona imtiyozlar rejimi işga tuşişi kerakligini eslatib ötdi. Tramp va Si bilan uçraşuvdan u “katta potensial foyda” kutmoqda.
Putin Rossiya sanksiyalarga doş berganini va çeklovlar mamlakatni öz texnologiyalarini rivojlantirişga undaganini ta’kidlamoqda. U Rossiyani yana bir bor “Yevropaning birinçi iqtisodiyoti” deb atagan. XVJning oktyabr oyidagi prognoziga köra, Rossiya narxlar farqini hisobga olgan holdagi YAIM böyiça Yevropada birinçi örinni egallab turibdi. Biroq dollardagi nominal YAIM böyiça u Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyadan ortda qolmoqda. Putin, şuningdek, YeIda turmuş darajasi pasayayotganini, Rossiya energiya resurslaridan voz keçiş esa Yevropa sanoatini zaiflaştirganini bildirgan. Şu bilan birga, Yevrostat ma’lumotlariga köra, YeIda aholi jon boşiga uy xöjaliklarining real daromadlari birinçi çorakda 0,3 foizga, ikkinçi çorakda esa yana 0,1 foizga oşgan.
Si bilan muzokaralarda Putin özaro sayyohlar oqimining 43 foizga ösişini vizasiz rejim joriy etilişi bilan boğlagan va yil yakunlari böyiça savdo hajmi ösişini prognoz qilgan. Keyinroq universitetda Putin Rossiyada 60 mingdan ortiq xitoylik talaba, Xitoyda esa 20 mingdan ziyod rossiyalik talaba tahsil olayotganini aytgan.
Si nima dedi va Putin bilan nimalar haqida gaplaşdi?
Işbilarmonlik forumida Si Xitoy “proteksionizmga qarşi turişini” aytgan va Jahon savdo taşkiloti qoidalariga rioya qilişga çaqirgan. U Xitoy bojlarini pasaytirişga va xorijiy kompaniyalarning bozorga kirişini kengaytirişga va’da berdi. Uşbu nutq AQŞ tomonidan Xitoyning sun’iy intellekt uçun möljallangan çiplardan foydalanişiga yangi çeklovlar joriy etilişi fonida yangradi. Vaşington va Pekin munosabatlaridagi yana bir masala – nodir yer metallarini yetkazib berişdir. Noyabr oyida Xitoy eksport çeklovlarining bir qismini keçiktiriş muddatini yanvar oyigaça uzaytirdi.
Putin bilan uçraşuvda Si ikki mamlakat hukumatlari, parlamentlari va harbiylari örtasidagi aloqalarni kengaytirişni taklif qilgan. Kreml esa yetakçilar Ukrainadagi uruşni ham muhokama qilganini ma’lum qilgan. Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, Putin Siga yaqinda Kremlda Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan ötkazilgan muzokaralar haqida sözlab bergan. Xitoy tomonining xabarida Ukraina tilga olinmagan.
19 noyabr kuni Ukraina ittifoqçilari Berlinda uçraşadi
Ukraina TIV rahbari Andriy Sibiga Tramp va Sini uruşni tugatişga erişiş uçun Moskvaga bölgan öz ta’sirlaridan foydalanişga çaqirdi. U Ukraina haqidagi qarorlar uning iştirokida qabul qilinişi kerakligini ta’kidladi. 19 noyabr kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Boş vaziri Endi Byornem Berlinda “köngillilar koalitsiyasi” uçraşuvini çaqirgan. U yerda diplomatik sa’y-harakatlar, uruşdan keyingi xavfsizlik kafolatlari va Ukrainani keyingi qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilinadi.
Live
Barchasi11:52