Tramp va Putinning uçraşuvi qöşma bayonotlarsiz yakunlandi
Olam
−
12:30 407 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoyning Şençjen şahrida bölib ötayotgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) taşkiloti sammiti doirasida uçraşdi. Suhbat 40 daqiqadan sal köproq davom etdi va tomonlarning qöşma bayonotlarisiz ötdi. Şunga qaramay, Amerika Prezidenti “bundan biror natija çiqişiga” işonçi komil ekanini aytdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Tramp Putin bilan uçraşuvi, eng avvalo, Ukrainadagi uruşni tugatişga bağişlanganini bildirgan. Putin va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya bilan uçraşuvda AQŞ rahbari özini döstona tutgan. U tabassum bilan Rossiya Prezidentini “döstim” deb atagan va uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovni “yaxşi işlagani” uçun maqtagan.
Qayd etiş joiz, Xitoyning Şençjen şahridagi APEC sammiti Ukrainaning Rossiyadagi front orti ob’ektlariga berayotgan zarbalari jadallaşgan bir paytda ötmoqda. Bugun, 19 noyabr kuni ertalab Ukraina kuçlari bir hafta içida uçinçi marta Qrim köprigiga hujum qildi. Şu bilan birga, Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga (NQIZ) kuzda berilgan bir qator zarbalar ikki hafta içida ularning umumiy qayta işlaş hajmini 45 foizga qisqartirgani ma’lum böldi.
APEC sammiti işi keça, 18 noyabr kuni boşlandi. Uning birinçi kunida Putin Şençjenda yiğilgan biznesmenlarni Ğarb sanksiyalariga Rossiya iqtisodiyotdagi inqilob bilan javob berganiga işontirişga urindi va tinglovçilarga Moskvadan uning yangi “suveren” texnologiyalarini sotib olişni taklif qildi. Şu bilan birga, Si Szinpin forum iştirokçilarining umumiy suratida Rossiya Prezidentiga özi va Trampning yonida turişga ruxsat bermadi, tantanali qabul marosimida Putin çiqib kelayotganda esa Rossiya madhiyasi örniga “elkunçik” baletidan “Trepak” raqsi musiqasi qöyildi.
Eslatib ötamiz, keça, 18 noyabr kuni Donald Tramp va Vladimir Putin Şençjendagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti mehmonlari uçun uyuştirilgan ziyofatga borgandi va qöl berib körişgandi. Tadbir mezboni sifatida ularni Xitoy yetakçisi Si Szinpin qabul qilgan edi.
Live
Barchasi11:52