Tramp Eronni ogohlantirib qo‘ydi

Olam

image

Joriy yilning 20 dekabr kuni Bag‘doddagi AQSH elchixonasi raketa hujumiga uchragan. Elchixonaga kamida uchta raketa va snaryad otilgan. Qurbonlar haqida ma’lumot aniqlanmagan

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp esa Bag‘doddagi AQSH elchixonasiga qilingan hujum ortida Eron turganini aytmoqda

"Yakshanba kuni Bag‘doddagi elchixonamizga bir nechta raketalar urildi. Uchta raketa uchirilmay qoldi. Ularning qayerdan kelganini taxmin qiling: Eron. Endi biz Iroqdagi amerikaliklarga qarshi yangi hujumlar haqida gaplarni eshityabmiz. Eronga bir nechta do‘stona maslahat: agar bitta amerikalik o‘ldirilsa ham, men Eronni ayblayman. Yaxshilab o‘ylang", deb yozgan Tramp Twitter sahifasida. 

"Al-Arabiyya"ning ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi "yashil zona"ga urilgan raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, Iroq xavfsizlik xizmati raketalar uchirilgan moslamalarni qidirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Tramp

Baholaganlar

850

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing