Tramp Eron Oliy rahbarini ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy gapirayotganda so‘zlarni tanlashda ehtiyot bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u Twitter`dagi sahifasida yozib qoldirgan.

“Oxirgi vaqtlarda u qadar oliy bo‘lmayotgan Eronning “Oliy rahbari” Qo‘shma Shtatlar va Yevropa haqida bir qancha nojo‘ya fikrlar bildiribdi. Ularning iqtisodiyoti vayron bo‘lyapti, ularning odami qiynalyapti. U o‘zining aytayotganlariga juda ehtiyot bo‘lishi kerak”, degan Tramp.

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Eron Oliy rahbarining aynan qaysi fikri ekaniga to‘xtalib o‘tmagan.

Eslatib o‘tamiz, Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy kecha, 17 yanvar kuni 8 yilda ilk bor juma namozida ma’ruza qildi. U o‘z nutqida Amerikaga qarshi qator keskin fikrlarni bildirib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp AQSh-Eron Oyatullo Ali Homanaiy

Baholaganlar

822

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing