Tramp davrida o‘lim jazosi bo‘yicha 125 yillik rekord yangilandi

Olam

image

AQSHda so‘nggi bir yil ichida federal hokimiyat 10 kishini qatl etdi. 20 yanvar kuni Jozef Baydenning inauguratsiyasi oldidan bu ko‘rsatkich 13 taga yetishi ham mumkin. Bu haqda AQSHning O‘lim jazosi bo‘yicha axborot markazining hisobotida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, 10 kishining qatl etilishi 1896 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Hatto shtatlarda ham o‘tgan bir yil davomida 7 kishi oliy jazoga loyiq ko‘rilgan.

“Xuddi shu miqdordagi federal qatllarni faqat 1896 yilga, Grover Klivlendning ikkinchi prezidentligi davriga qaytib borganingizda ko‘rishingiz mumkin”, deydi O‘lim jazosi bo‘yicha axborot markazi ijrochi direktori Robert Dunem.

Hisobotga qo‘ra, Tramp ma’muriyatiga alohida e’tiroz qatllarning COVID-19 pandemiyasi davrida amalga oshirilayotgani bilan bog‘liq. Pandemiya paytida qatl jazosini ijro etishda qatnashgan Indiana shtatidagi axloq tuzatish majmuasining kamida to‘qqiz nafar xodimi koronavirusga chalingan.

Qayd etilishicha, AQSHning farmatsevtika kompaniyalari o‘lim jazosini ijro etishda qo‘llanadigan dori-darmonlarni qamoqxona tizimiga yetkazib berishdan bosh tortishi natijasida yetishmovchilik kelib chiqqan. Bu esa eng og‘ir jazoni 2003-2020 yillar oralig‘ida norasmiy moratoriyga duch kelishiga olib kelgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Tramp ma’muriyati tomonidan 2019 yilda o‘lim jazosini federal darajada qayta boshlash ma’lum qilinishi ortidan so‘nggi vaqtlarda qatllar soni keskin ortgan. 

2020 yil noyabrdan boshlab esa o‘lim jasozini ijro etishda har qanday usul, xususan, gaz bilan zaharlash, o‘q otish va elektr stuldan foydalanishga ruhsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp o'lim jazosi

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing