Tramp Baydenning mehribonchiligini rad etdi
Olam
−
08 Oktabr 2020
5682AQSH Prezidenti Donald Tramp Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden bilan bo‘lajak saylov oldidan o‘tkaziladigan debatda masofadan turib ishtirok etishni rad etdi.
“Yaqinda komissiya debatlar formatini o‘zgartirdi, deb eshitdim. Va bu biz uchun nomaqbul", deydi u. Tramp o‘zining birinchi bahsida Baydenni "osonlikcha mag‘lub etganiga" ishonch bildirdi "Ammo men virtual bahslarda qatnashmayman", deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp va Bayden o‘rtasidagi ikkinchi debat joriy yilning 15 oktyabriga mo‘ljallangan edi. Tramp koronavirusga chalinganidan keyin Bayden u bilan debatni virtual o‘tkazishga tayyorligini aytib chiqqandi.
"Yo‘q, men virtual bahslarda vaqtni behuda sarflamayman. Debatning mohiyati bu emas. Kompyuterda o‘tirish va munozara qilish kulgili. Va sizni istalgan vaqtda to‘xtatishlari mumkin”, deydi Tramp.
AQCH Prezidenti, shuningdek, o‘zini yaxshi his qilayotganini va saylovoldi mitinglarini o‘tkazishni orziqib kutayotganini aytdi.
“Men o‘zimni yaxshi his qilyapman, deb o‘ylayman, hazillashib aytishim mumkinki, men o‘zimni 20 yil ichida his qilganimdan yaxshiroq his qilyapman. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman”, deydi Tramp takror va takror.
Oq uy rahbari o‘zini koronavirus tashuvchisi deb hisoblayapti va u saylovoldi mitinglarini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Tramp koronavirusga qarshi dorilarni iste’mol qilmayotganini qayd etdi.
Tramp Bayden bilan bo‘lajak saylov kampaniyasidagi bahslarda masofadan turib qatnashish o‘rniga, tarafdorlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda davlat rahbari saylov kampaniyasi menejeri Uilyam Stepin qilgan yozma bayonotida aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp va Bayden o‘rtasidagi ikkinchi debat joriy yilning 15 oktyabriga mo‘ljallangan edi. Tramp koronavirusga chalinganidan keyin Bayden u bilan debatni virtual o‘tkazishga tayyorligini aytib chiqqandi.
AQSHdagi saylovlarga tobora yaqin qolmoqda. U joriy yilning 3 noyabrida o‘tkaziladi.
LiveBarchasi