Tramp AQSHni Suriyadagi vaziyatga aralashmaslikka chaqirdi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni Suriyadagi voqealarga aralashmaslikka chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Suriya notinchlik ichida, lekin u bizning do‘stimiz emas va AQSH u yerda hech narsa qilmasligi kerak. Bu bizning urushimiz emas, bu vaziyatni o‘z-o‘zidan hal bo‘lishiga imkon berish kerak. Aralashmaslik lozim”, deb yozdi Tramp.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar yaxshi tashkillashtirilgan hujumlar orqali bir nechta shaharni egallab olgan va Suriya Prezidenti Bashar Asadni ag‘darish uchun katta qadam tashlashga hozirlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi Bashar Asad rejimi kuchlari Isroil bilan chegaradosh Al-Qunaytra viloyatidagi postlarini tashlab ketayotgani xabar qilingan edi. Unga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida suriyalik isyonchilar Suriya janubidagi, shuningdek, Isroil bilan chegaraga yaqin joylashgan Dar’a viloyatining katta qismini egallab olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing