Tramp AQSH qo‘shinlarini Somalidan olib chiqib ketish niyatida
Olam
−
14 oktabr 2020 3852 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH qo‘shinlarini Somalidan olib chiqib ketish niyatida. Bu haqda "Bloomberg" axborot manbalariga tayangan holda xabar bergan.
Manbalarga ko‘ra, davlat rahbari qo‘shinlarni olib chiqib ketish istagini o‘zining eng yaqin maslahatchilariga ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, Tramp bu xohishi bilan Amerika rasmiylarini tashvishga solgan.
AQSH ma’muriyati a’zolari Somali Hukumati mamlakatdagi xavfsizlikni yetarlicha nazorat qila olmasligini aytishmoqda. Shuningdek ular, Amerika qo‘shinlarining Somalidan olib chiqib ketilishi terrorchilar foydasiga ishlashi mumkinligini ta’kidlashgan.
Avvalroq, "Tolibon" terroristik guruhi ham AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampni saylovlarda qayta saylanishiga va AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishiga umid qilayotgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga tobora yaqin qolmoqda. Saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr