Bayden kelasi hafta amerikaliklar bilan xayrlashadi

Olam

image

Joriy yilning 15 yanvar kuni AQSH prezidentligidan ketayotgan Jo Bayden xalqiga xayrlashuv murojaati bilan chiqish qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Press-relizda batafsil ma’lumot keltirilmagan. Ammo uning Oval kabinetdan chiqishi mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga (Toshkent vaqti bilan 16 yanvar 4:00) rejalashtirilgan.

20 yanvarda esa AQSHning saylangan Prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tadi. Tramp Kongressda qasamyod qiladi, so‘ngra kun davomida uning ikkinchi muddatga prezidentlikka saylangani munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkaziladi.  

Kecha, 10 yanvar kuni Jo Bayden AQSH Prezidenti sifatidagi so‘nggi suhbatlaridan birini Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Bayden “Ukraina mustaqilligini saqlab qolish va himoya qilish butun Yevropa va demokratik dunyo uchun muhim” ekanini yana bir bor ta’kidlagan. Uning millatga xayrlashuv murojaatida ham shu mavzuga to‘xtalishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, xayrlashuv nutqi AQSHda lavozimini tark etayotgan prezidentlar uchun an’anaga aylangan. 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Oq uy rahbari etib saylangan Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati yakunida xayrlashuv nutqining katta qismini o‘z ma’muriyati siyosatining muvaffaqiyatlari deb hisoblagan jihatlarga bag‘ishlagan. Xususan, Tramp “birorta ham urush boshlamaganini”, biroq ayni paytda Xitoyga to‘qnash kelganini va “AQSHning boshqa davlatlar bilan ittifoqlarini tiklaganini” aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden tramp xayr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing