Xakerlar Trampning 2,3 million dollarini o‘g‘irlashdi

Olam

image

Xakerlar AQSH Respublikachilar partiyasining Viskonsin shtatidagi hisobidan 2,3 million dollar o‘g‘irlashdi. Bu haqda "Associated Press" ma’lumot bergan. 

O‘g‘irlangan mablag‘ AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning saylovoldi tashviqotlari uchun mo‘ljallangandi. 

Xakerlar bundan foydalanib, pullarni o‘z hisoblariga o‘tkazib olishgan. Ma’lumotga ko‘ra, AQSH Federal qidiruv byurosi voqeani tekshirmoqda.

Ma’lumot uchun, Tramp 2016 yilda Viskonsinda g‘alaba qozongan.

Avvalroq, Trampning saylovoldi shtabi sayti 27 oktyabr kuni kechqurun xakerlar tomonidan buzilgani haqida xabar bergandik. 

AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga 4 kun qoldi. Ular 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov xaker tramp

Baholaganlar

142

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing