FBRning jinoyatçilikka oid ma’lumotlar bazasiga xakerlar hujum qildi

Olam

−

11:48 visibility324 timer2 daqiqa

image

AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBR) mamlakat böylab huquqni muhofaza qiluvçi organlar foydalanadigan jinoyatçilikka oid ma’lumotlar bazasiga xakerlar kirgan bölişi mumkinligini tekşirmoqda. Bu haqda CNN naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, gap Milliy jinoyatçilikka oid axborot markazi (NCIC) ma’lumotlar bazasi haqida ketmoqda. Uşbu tizim federal, ştat va mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasida ma’lumot almaşiş uçun xizmat qiladi. Unda qidiruvdagi şaxslar, hibsga oliş orderlari va fuqarolarni tekşirişga oid ma’lumotlar saqlanadi.

Ikki manbaga köra, xakerlar mazkur tizimga kirgan bölişi mumkin. Hodisa sönggi bir neça oy içida FBR tizimlariga nisbatan sodir etilgan ikkinçi kiberhujum hisoblanadi.

Ma’lumotlarga köra, NCIC huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun eng muhim axborot tizimlaridan biri sanaladi. Mamlakat böylab politsiya xodimlari undan qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş, hibsga oliş orderlarini tekşiriş va jamoat xavfsizligiga ta’sir qilişi mumkin bölgan ma’lumotlarni olişda foydalanadi.

Sobiq FBR xodimlaridan biri xakerlar tizimdagi ma’lumotlarni qölga kiritganidan taşqari, ularning haqqoniyligiga ham zarar yetkazişi mumkinligidan xavotir bildirgan. Çunki politsiya xodimlari öz qarorlarini aynan şu ma’lumotlarga tayanib qabul qiladi.

Sentyabr oyida ShinyHunters nomli xakerlar guruhi byuroning işga qabul qiliş veb-saytiga hujum qilib, xodimlarga tegişli şaxsiy ma’lumotlarni nişonga olgan. Uşbu hodisa böyiça Kanada fuqarosi bölgan kiberxavfsizlik tadqiqotçisi hibsga olingan va unga ayblovlar qöyilgan.

Bundan taşqari, 2023 yilda xakerlar FBRning Nyu-Yorkdagi bölimi tomonidan bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik holatlarini tergov qilişda foydalaniladigan kompyuter tizimiga ham kirgan. Unda Jeffri Epşteyn işiga oid tasvirlar saqlangan tizim ham bölgan.
FBR hozirça sönggi hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Şimoliy Koreya bilan boğliq xakerlar soxta videoqönğiroqlar yordamida 18 oy içida 400 million dollardan ortiq kriptovalyutani özlaştirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing