Ariana Grande e’lon qilinmagan qo‘shiqlarini o‘g‘irlagan xakerlarni sudga berdi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik pop yulduz Ariana Grande e’lon qilinmagan qo‘shiqlari, shaxsiy suratlari va videolarini o‘g‘irlab, internetda sotganlikda gumon qilinayotgan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xonanda bugun, 28 iyul kuni Los-Anjeles sudiga da’vo arizasi kiritgan. Unda gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlanmagani sababli ular John Doe (shaxsi noma’lum shaxs) sifatida ko‘rsatilgan. Grande sud jarayoni orqali ularning shaxsini aniqlab, javobgarlikka tortishni maqsad qilgan.

Da’vo arizasiga ko‘ra, xakerlar xonanda bilan ishlagan bir necha kishining onlayn akkauntlariga noqonuniy kirish orqali 2023 yilning o‘zida uning 45 ta hali e’lon qilinmagan qo‘shig‘ini internetga sizdirgan.

Shuningdek, ulardan biri o‘zini fotograf sifatida tanishtirib, Grande jamoasi xodimlaridan birini aldab, xonandaning shaxsiy suratlarini qo‘lga kiritgan. Ovoz yozish jarayonlari va musiqiy kliplar suratga olinishi ortidagi foto va videolar ham o‘g‘irlanib, dark-web orqali sotilgani aytilmoqda.

Da’vo arizasida bu holat Ariana Grandening shaxsiy hayoti va ijodiga jiddiy zarar yetkazgani, maxfiy materiallarning ruxsatsiz tarqatilishi esa uning shaxsiyati hamda muxlislari bilan o‘rtasidagi aloqaga tajovuz ekani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Ariana Grande 1993 yil 26 iyunda AQSHning Florida shtati, Boka-Raton shahrida tug‘ilgan. U qo‘shiqchi va aktrisa bo‘lib, faoliyati davomida uchta Gremmi mukofotini qo‘lga kiritgan hamda 20 marta ushbu mukofotga nomzod bo‘lgan. Shuningdek, Grande aktyorlik faoliyatini ham davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘shiqchi va aktrisa Ariana Grande Oq uyga Prezident Donald Trampning migratsiya siyosati qo‘llab-quvvatlangan videolarda o‘z qo‘shiqlaridan foydalanishni taqiqlagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing