Madam Tyusso muzeyi “Trampni” chiqitga chiqardi

Olam

image

Berlindagi mumdan yasalgan haykallardan iborat madam Tyusso muzeyi AQSH Prezidenti Donald Trampning haykalini axlat qutisiga tashladi. Bu haqda muzeyning Instagram sahifasida xabar berilgan.

Bundan tashqari, axlat qutida "Dump Trump" ("Trumpni tashlang"), "You are fired" ("Siz ishdan bo‘shatildingiz") degan yozuvlar yozilgan. 

Muzey ma’muriyati bu holatni Oq uyning yangi rahbari haykaliga joy ajratishga qaror qilishgani bilan izohlashgan. 

"AQSHda saylovlar yaqin, biz allaqachon keyingi Prezidentga joy ajratmoqdamiz", deyilgan xabarda. 

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga 3 kun qoldi. Saylovlar 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

tramp madam tyusso

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing