Putin AQSHning kelajakdagi qarorlari “muvozanatli” bo‘lishidan umidvor

Olam

image

Rossiya Hukumati AQSHning yangi ma’muriyati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u bilan ishlashga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilgan. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Hukumati Amerika xalqining har qanday qarorini qabul qiladi va har qanday ma’muriyati bilan ishlay oladi.

Shuningdek, Rossiya rahbari Vashingtonning kelajakdagi qarorlari "muvozanatli" bo‘lishiga umid bildirgan.

"Har qanday holatda ham biz o‘zimizni xotirjam his qilamiz. Biz nima deyishimizdan qat’i nazar AQSH o‘zining saylov jarayonlariga bizni aralashayotgandek qilib ko‘rsatadi. U buni "isbotlash" uchun hamma narsaga tayyor", degan Putin. 

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden Rossiyaning AQSH ichki ishlariga aralashgani oqibatlari bilan tahdid qilgandi. Agar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiyaning Amerika saylov jarayonlariga aralashganini javobsiz qoldirmasligini ta’kidlagandi

Eslatib o‘tamiz, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Donald Trampga demokrat Bayden raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

tramp putin bayden

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing