Bayden o‘ziga yordamchi tayinladi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden kecha, 11 noyabr kuni Ron Klaynni Oq uy apparati rahbari etib tayinladi. 

Ma’lumotga ko‘ra, Ron Klayn Baydenning sobiq maslahatchisi bo‘lgan. 

"AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden Ron Klaynni Oq uy apparati rahbari va Prezidentning yordamchisi etib tayinlaganini e’lon qildi", deyilgan xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Klayn oldin AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama ma’muriyatida vitse-prezident bo‘lib ishlagan Baydenning maslahatchisi, apparat rahbari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

bayden klayn

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing