Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Tramp 5 mln dollarlik “oltin karta”si bilan maqtandi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH fuqaroligini olish imkonini beruvchi “oltin karta”ni taqdim etdi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Tramp Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga 5 million dollar turadigan yangi “oltin karta”ning dizaynini faxr bilan ko‘rsatgan.

“5 million dollar evaziga bu sizniki bo‘lishi mumkin. Bu kartalarning birinchisi edi. Bilasizmi, bu qanday karta? Bu oltin karta – Tramp kartasi”, degan u jurnalistlarga.

Trampning aytishicha, u kartaning birinchi xaridori bo‘lgan, ammo ikkinchi xaridor kim bo‘lganini bilmaydi. U kartaning ehtimol ikki haftadan kamroq vaqt ichida chiqarilishini qo‘shimcha qilgan.

Bildirilishicha, “oltin karta”lar tizimi EB-5 vizasi dasturining qayta ishlab chiqilgan ko‘rinishiga asoslangan. Ushbu dastur xorijiy fuqarolarga AQSHga taxminan 1 million dollar sarmoya kiritish evaziga grin-karta olish imkonini beradi. Grin-karta esa vizadan farqli o‘laroq, fuqaroligi bo‘lmaganlarga AQSHda doimiy yashash huquqini beradi va fuqarolikka yo‘l ochadi.

Ba’zi vizalardan farqli ravishda, xorijiy fuqarolarni muayyan ish joylariga bog‘lab qo‘yadigan holatlar bo‘lmaydi, grin-kartalar esa muhojirlarga ish joyini erkin tanlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil fevral oyida Tramp AQSHda boy xorijliklarga mamlakatda yashash va ishlash huquqini beruvchi “oltin kartalar” sotilishi haqida e’lon qilgan edi. Keyinroq esa AQSH Savdo vaziri Govard Lutnik bir kun ichida 1 000 ta “oltin karta” sotilganini va bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp oltin karta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing