Tramp respublikaçilar saylovlarda nega yutqazib qöyganini aytdi
Olam
−
20:22 664 2 daqiqa
AQŞdagi oraliq saylovlarda Demokratik partiya Kongressning har ikki palatasida nazoratni qölga kiritganidan söng mamlakat Prezidenti Donald Tramp natijalarga munosabat bildirdi. U respublikaçilarning mağlubiyatini özining saylovda iştirok etmagani bilan izohladi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.
Tramp saylov natijalariga izoh berar ekan, uning özi nomzodlar röyxatida bölmaganini urğulagan.
“Men saylov byulletenlarida yöq edim. Agar nomzodim qöyilganida, biz katta farq bilan ğalaba qozongan bölardik!” deb yozdi u.
Şuningdek, Tramp “Veto” yozuvi tuşirilgan qizil beysbolka tasvirini e’lon qildi. Bu orqali u Kongressning yangi tarkibi qabul qiladigan qonunlarni bloklaş imkoniyatiga işora qilgan.
Saylovlardagi eng kutilmagan natijalardan biri Texas ştatida qayd etildi. An’anaviy ravişda respublikaçilar tayançi hisoblangan ştatda demokrat Jeyms Talariko Senat saylovida Tramp qöllab-quvvatlagan Ken Pakstonni mağlub etdi.
Şuningdek, demokratlar vakili Jina Inoxosa gubernatorlik saylovida ğalaba qozonib, ştat tarixidagi lotin amerikasi kelib çiqişiga ega birinçi ayol gubernatorga aylandi.
Kanzas ştatida ham tarixiy natija qayd etildi. Pastor Adam Xemilton 1932 yildan beri uşbu ştatdan Senatga saylangan birinçi demokrat böldi.
Demokratlar Jorjiya, Ogayo va Ayova ştatlaridagi gubernatorlik saylovlarida ham ğalaba qozondi.
Şu bilan birga, respublikaçilar Floridadagi mavqeini saqlab qoldi. Trampning ittifoqçisi Bayron Donalds gubernatorlik saylovida ğalaba qozondi, Eşli Mudi esa Senatdagi örnini saqlab qoldi.
Kongress ustidan nazoratning yöqotilişi Tramp uçun prezidentlik muddatining qolgan ikki yilida siyosiy dasturini amalga oşirişni qiyinlaştiradi. Demokratlar ma’muriyatning qonunçilik taşabbuslariga tösqinlik qiliş, parlament tekşiruvlarini ötkaziş va ijro hokimiyati vakillarini eşituvlarga çaqiriş imkoniyatiga ega böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Senatda demokratlar kamida 54 ta öringa ega bölayotgani, şu jumladan, Texas va Kanzasda – önlab yillar davomida respublikaçilar ğalaba qozonib kelgan ştatlardagi poygalarda zafar kuçgani haqida xabar berilgan edi. Vakillar palatasida ham demokratlar köpçilikni qölga kiritişga muvaffaq böldi.
Live
Barchasi