Özbekistonda tuğilgan diplomat Rubioning örnini egallaşi mumkin – OAV

Olam

−

image

Prezident Donald Tramp AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili hamda mamlakatning Hindistondagi elçisi Serjio Gorni AQŞ Davlat kotibi lavozimiga tayinlaşi mumkin. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “The Washington Sun” xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, Serjio Gor Oq uy xodimlari apparati rahbari lavozimini ham egallaşi mumkin. Biroq diplomatning özi va ma’muriyat vakillari uşbu ma’lumotni rad etgan.

“Naşrda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmaydi. Men yangi lavozimni egallaşga intilmayapman. Marko Rubio Davlat kotibi lavozimida örnini bosib bölmaydigan şaxsdir”, deydi Serjio Gor jurnalistlarga.

Portal manbalari Gorni Prezident Donald Trampning yaqin safdoşi deb atagan. Diplomat 1986 yilda Toşkentda tuğilgan. Hozirda u AQŞning Hindistondagi elçisi lavozimini egallab turibdi. Manbalar uni Marko Rubio örnini egallaşi mumkin bölgan nomzod deb hisoblamoqda. Ba’zi respublikaçilarning fikriça, Rubio 2028 yoki 2032 yildagi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik köriş uçun hukumatni tark etişi mumkin. Manbalar, şuningdek, Gorning Davlat kotibining birinçi örinbosari lavozimiga qiziqiş bildirayotganini ham ta’kidlagan. Biroq Oq uy materialda bayon etilgan ma’lumotlarni rasman rad etgan.

Ma’lumot uçun, AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Vaşingtonning mintaqadagi siyosatini muvofiqlaştiradi. Davlat kotibi lavozimi AQŞ Davlat departamentidagi eng yuqori post hisoblanadi. Oq uy xodimlari apparati rahbari esa prezident ma’muriyati işini boşqaradi.

Serjio Gor 1986 yilda Toşkentda tuğilgan va tuğilganda unga Sergey Goroxovskiy ismi berilgan. Uning oilasi 1999 yilda, u taxminan 12 yoş bölganida, AQŞga köçib ötgan. Otasi Yuriy Goroxovskiy sovet samolyotlarini, jumladan, Hindiston havo kuçlari işlatadigan Il-76 samolyotini yaratişda iştirok etgan aviakonstruktor bölgan. Onasi esa asli isroillik ekani aytiladi.

Gor Los-Anjelesda voyaga yetgan, keyinçalik Oq uy yaqinidagi Jorj Vaşington universitetida öqiş uçun Vaşingtonga köçgan. 

Yoş konservativ doiralarda faol bölib, u respublikaçi qonun çiqaruvçilardan – öta öngçi qaraşlari bilan tanilgan Stiv King va Mişel Baxmanning matbuot kotibi bölib işlagan. Keyinçalik senator Rend Polning muovin apparati rahbariga aylangan.

Gor Tramp atrofida 2020 yilgi saylovlar paytida paydo böldi, MAGA harakatida tez kötarildi va 2024 yilda Tramp ğalabasidan söng prezident kadrlar direktori lavozimiga tayinlandi. Tramp uni hukumat tizimida qariyb 4000 nafar sodiq odamlarni joylaştiriş bilan şaraflaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Serjio Gor bilan Toşkentdagi mahalliy bozorlardan biriga borgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing