Saida Mirziyoyeva Serjio Gor bilan bozor aylandi
Jamiyat
−
16:07 2493 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor Toshkentdagi mahalliy bozorlardan biriga bordi. Bu haqda kecha, 17 oktyabr kuni Serjio Gor o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“O‘zbekistonga qaytganimdan juda xursandman! Do‘stim Saida Mirziyoyeva bilan mahalliy bozorni aylanish menga zavq bag‘ishladi”, deb yozdi u.
Shuningdek, Serjio Gor Buxoro shahriga ham tashrif buyurgan. U O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va viloyat hokimi Botir Zaripov bilan birga tarixiy shaharni aylanganini ma’lum qilgan.

“Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni qadrlaydi. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishni intiqlik bilan kutyapman”, deb yozdi AQSH vakili.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi