“Trami” to‘foni Xitoyga yetib bordi
Olam
−
31 Oktabr
2716Xitoyning janubidagi Xaynan orol provinsiyasida “Trami” to‘foni yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.
“Trami” to‘foni 28 oktyabrdan beri Xaynanning ko‘plab hududlariga kuchli yog‘ingarchilik olib keldi. 40 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Xitoy Suv resurslari vazirligi Xaynanda “Trami” to‘foni davom etayotgani tufayli suv toshqinlariga to‘rtinchi darajali favqulodda choralar ko‘rgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri bo‘lgan Syunxayda 30 oktyabrdan beri suv toshqini va shamolni nazorat qilish uchun favqulodda choralar ko‘rilgan.
“Xaynanning aksariyat hududlarida 31 oktyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘adi, suv toshqini xavfi yuqori bo‘ladi va Vansyuan daryosida suv toshqini ogohlantirish darajasidan oshib ketishi mumkin”, deya aholi ogohlantirilgan.
Vazirlik suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun ishchi guruhni jo‘natgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda to‘rt bosqichli favqulodda vaziyatlar tizimi mavjud bo‘lib, birinchi daraja eng og‘ir daraja sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinning shimoli-sharqida sodir bo‘lgan tropik “Trami” bo‘roni keltirib chiqargan toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida 97 kishi halok bo‘lgan edi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi