Trabzonda O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2024 2726 1 daqiqa
Kecha, 9 sentyabr kuni Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi rasman ochildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, faxriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (valilik) binosi qarshisida joylashgan.

“Bursa, Adana, Antaliyadan keyin va navbatdagi to‘rtinchisi Trabzon shahrida ochilgan faxriy konsulxona Turkiya va O‘zbekiston aloqalarida alohida o‘rin tutadi”, deyiladi xabarda.
Faxriy konsullik – bu davlatlar o‘rtasidagi savdo, madaniy va diplomatik aloqalarni rivojlantirish maqsadida ochiladigan vakolatxonadir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Ozarbayjonning qadimiy shaharlaridan biri – Ganjada O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasi ochilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr