Slovakiya ham Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasini yopmoqda

Olam

image

Slovakiya Respublikasining Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi 2024 yilning 31 dekabrdan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda konsulxona rasmiy saytida e’lon qilindi.

“Slovakiya Respublikasining Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi Slovakiya Respublikasi hukumatining qaroriga (2024 yil 28 avgustdagi Slovakiya Respublikasi hukumatining 521-sonli qarori, E.4-bandiga muvofiq) binoan, o‘z faoliyatini 2024 yil 31 dekabrdan boshlab to‘xtatishini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, bosh konsulxona Rossiya fuqarolariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi. Endilikda rossiyaliklar viza olish, yashash uchun ruxsatnomalar yoki imzolarni tasdiqlash, tarjimalar, fotonusxalar va hujjatlarning nusxalarini tasdiqlash uchun Slovakiya Respublikasining Moskvadagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasining uch nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilib, 2025 yil 10 yanvardan boshlab ushbu konsulxona yopilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg konsulxona Slovakiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing