O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi konsulxonasi ba’zi shaxslar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan aldov va firibgarlik uchrayotgani haqida ogohlantirdi. Konsulxona o‘zbekistonliklardan chet el davlatlari, shu jumladan Yevropa davlatlariga ish vizasi olib beramiz, deb katta miqdordagi pul mablag‘larini olish va qochib yurish holatlari ko‘plab uchrayotganini aytib chiqdi.

Bildirilishicha, bugun, 13 iyun kuni ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari shunday holat yuzasidan Istanbuldagi Bosh konsulxonaga shikoyat bilan murojaat qilgan.

“Chet eldagi va O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqarolarimizni bu kabi firibgarlik holatlari yuzasidan ogoh bo‘lishga chorlab qolamiz”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq konsulxona O‘zbekiston fuqarolarini Turkiya hududida sodir etilgan turli jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar ishtirokchisi bo‘lib qolganliklari haqida tez-tez xabarlar kelib tushayotgani bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

konsulxona ogohlantirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing