Tojiklar norozilikni to‘xtatmayapti: ayni paytda Tojikistonda vaziyat qanday?

Olam

image

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyati ma’muriy markazi — namoyish o‘tayotgan Xorug‘ shahrida vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bu haqda Tojikiston kuch tuzilmalari xabar berdi.

Norozilik aksiyasi joriy yilning 25 noyabr kuni mahalliy fuqaro Gulbiddin Ziyobekovning politsiya tomonidan hibsga olinishi vaqtida halok bo‘lgani munosabati bilan boshlangan. 

“Xorug‘da vaziyat tarangligicha qolmoqda, Xorug‘dagi namoyishchilarning bir qismi 25 noyabr oqshomidan beri o‘z talablarining bajarilishini talab qilib tarqalmayapti”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar vakillari bilan muzokara o‘tkazishga urinishlar hali natija bermagan. 

26 noyabrga o‘tar kechasi namoyishchilar besh nafar huquq-tartibot xodimini yaralagan va ularning xizmat qurollarini egallab olgan. Mamlakat Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda va Energetika va suv xo‘jaligi vaziri Daler Juma (asli xorug‘lik) hozir Xorug‘da. 

Xorug‘lik namoyishchilar Gulbiddin Ziyobekov va tinch aholiga qarata o‘q uzganlarning o‘limi bo‘yicha ishni imkon qadar tezroq ko‘rib chiqishni, Xorug‘ hududidan harbiylarning 60-70 foizini olib chiqib ketishni, shuningdek, nazorat-o‘tkazish punktlarini olib tashlashni talab qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Ziyobekov uyushgan jinoiy guruhning uch sherigi bilan o‘tgan yilning fevral oyida Roshtqal’a viloyati prokurori yordamchisi Abdusalom Abirzodni garovga olib, uni sakkiz soat davomida kaltaklagan va qiynoqqa solgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Ziyobekov va uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular rasmiy qidiruvda bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 noyabr kuni qo‘lga olish chog‘ida Ziyobekov huquq-tartibot idoralari xodimlariga qurolli qarshilik ko‘rsatib, o‘zi noqonuniy olib yurgan to‘pponchadan o‘q uzgan. U javob otishmasidan yaralangan, keyinchalik shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Badaxshon

Baholaganlar

939

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing