Tojikistonlik migrantlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hududda qolib ketdi

Jamiyat

image

Yuzlab Tojikiston fuqarolari koronavirus atrofidagi vaziyat tufayli chegaralarni vaqtincha yopgan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidagi neytral zonada qolib ketdi. Bu haqda Tojikiston TIV axborot departamentidan olingan ma’lumot asosida RIA Novosti xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, tojikistonlik fuqarolar, shu jumladan ayollar va bolalar Rossiyadan vataniga qaytayotgan bo‘lgan.

"Koronavirus epidemiyasi tufayli Qozog‘iston va Tojikistonda bu davlatlarga borish cheklovlari qo‘yilgan edi. Shu bois, Rossiyadan qaytayotgan ba’zi fuqarolarimizda shu ma’noda muammolar vujudga keldi, ular oraliqdagi neytral hududda qolib ketdilar", deydi TIV vakili.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Tojikiston TIV O‘zbekiston va Qozog‘istondagi tegishli idoralar bilan ushbu muammoni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.

Neytral hududda qolib ketgan fuqarolarning aniq soni ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni BSST koronavirus epidemiyasini pandemiya deb e’lon qilgan edi. Markaziy Osiyo respublikalarida koronavirus infeksiyasi faqat O‘zbekiston va Qozog‘istonda aniqlandi.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu virusni yuqtirib olgan 6 nafarni tashkil etmoqda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kecha, 15 mart kuni koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgandan keyin barcha aviaqatnovlar va avtomobil orqali yo‘lovchi tashishni, jumladan tranzit parvozlarni, O‘zbekiston hududi orqali boshqa mamlakatga o‘tishni butkul taqiqladi. Ayni vaqtda xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish choralari ko‘rilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing