JSST niqob rejimiga qaytishga chaqirdi
Olam
−
06 yanvar
6801Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreisus dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanishning kuchaygani munosabati bilan niqob taqish va emlashni davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus va gripp bilan kasallanish ikki haftadan beri oshib bormoqda va bu tendensiya davom etishi kutilyapti.
JSST rahbari odamlarni testdan o‘tishga va tibbiy yordam so‘rashga undagan, shuningdek, COVID-19 uchun davolanish og‘ir kasallik va o‘limning oldini olishi mumkinligini eslatgan.
“Niqoblardan foydalanish, masofani saqlash, hamma koronavirus va grippga qarshi emlanganligiga ishonch hosil qilish kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Gebreisus.
U rasmiylarni ishonchli testlar, davolash usullari va vaksinalardan foydalanishni ta’minlashga, shuningdek, holatlarning ko‘payishini kuzatishni davom ettirishga va aholini xabardor qilishga undagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 20 dekabr kunidan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ommaviy tadbirlarda qatnashish uchun niqob taqish tartibi joriy etilgandi.
LiveBarchasi