Tojikistonda yuk poyezdi relsdan chiqib, yonib ketdi (video)
Olam
−
17:57 3589 1 daqiqa
Bugun, 15 dekabr kuni Tojikistonning Yavan tumanida yonilg‘i tashiydigan yuk poyezdi relsdan chiqib, yonib ketdi. Favqulodda hodisa Dahana qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Tojikiston temir yo‘llari” davlat korxonasiga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.
Temiryo‘l mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga sabab yer silkinishi bo‘lgan – tuproq sirpanishi temiryo‘lni shikastlagan. Oqibatda poyezd relsdan chiqib ketgan va ag‘darilib, yongan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Voqea joyiga korxona rahbariyati va maxsus ishchi guruh yetib borgan. Ular sodir bo‘lgan vaziyatni va temiryo‘l infratuzilmasiga yetkazilgan zararni aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning markaziy qismidagi Chxattisgarx shtatida yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashuvi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgandi, 20 kishi jarohat olgandi.
Live
Barchasi