Tojikistonda yangi GESlar qurish O‘zbekistonda energiya talabini qondiradi - Xolmuhammadzoda

Jamiyat

image

Tojikistonda qo‘shma gidroenergetika loyihalarini amalga oshirish kelajakda O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlarida elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish imkonini beradi. Bu haqda Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri o‘rinbosari Sorbon Xolmuhammadzoda Ostonada bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining energetika forumida gapirib o‘tdi.

“SHHT davlatlari Tojikistonning gidrotexnika salohiyatini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Masalan, Tojikistonning Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston bilan aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan. Stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi qisqa muddatda O‘zbekistonda, o‘rta va uzoq muddatda esa mintaqaning boshqa mamlakatlariga o‘sib borayotgan talabni qoplashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan”, dedi vazir o‘rinbosari.

Sorbon Xolmuhammadzodaning ta’kidlashicha, respublikadagi eng yirik gidroelektr stansiyalari rekonstruksiya qilinmoqda va elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 375 MVt ga oshirish kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Toshkentda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Tojikistonning Ayniy viloyatidagi Zarafshon daryosida GESning qo‘shma qurilishini boshlash virtual marosimi bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston GES energiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing