Tojikistonda saylov: Imomali Rahmon yana prezidentlikka da’vogar bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 26 avgust kuni Tojikistonning amaldagi Prezidenti Imomali Rahmon yana bir bor davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surdi. Uning nomzodi Tojikistonning Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ko‘rsatildi. Bu haqda AP xabar berdi.

Bugungacha Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi va mavjud 7 ta siyosiy partiyaning 4 tasi o‘z nomzodini ko‘rsatib bo‘ldi.

Agrar partiya o‘z yetakchisi Rustam Latifzodani, Sotsialistik partiya raisi Abduhalim G‘afforovni, Demokratik partiya Saidjafar Usmonzodani hamda Iqtisodiy islohotlar partiyasi yo‘lboshchisi Rustam Rahmatzodani ko‘rsatdi.

Sentyabr oyi boshida Kommunistik partiya va hukmron Xalq-demokratik partiyasi ham o‘z yetakchilarini prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirgan.

Ammo Sotsial-demokratik partiya yetakchisi Rahmatillo Zoyirov nomzodini mamlakat prezidentligiga ko‘rsatmaslikka qaror qildi.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda prezidentlik saylovlari 11 noyabr kuni o‘tkaziladi. Prezident 7 yil muddatga saylanadi.

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Imomali Rahmon 1994 yildan beri uzluksiz davlatni boshqarib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon Tojikistonda saylov

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing