Putin Rahmon bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Bishkekda o‘tgan SHHT sammiti doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda Moskva Dushanbening qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirda ekanini bilishini va tojik tomoni bilan ushbu hamda boshqa xavfsizlik masalalari bo‘yicha yaqin aloqada ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Putin ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasida ushlab turilganini, iqtisodiyotda faol rivojlanayotganini ta’kidlagan: o‘tgan yili tovar aylanmasi 25,1 foizga, joriy yilning birinchi yarmida esa yana 25 foizga oshgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonda Rossiya ishtirokidagi 320 ta korxona faoliyat yuritmoqda, mamlakatlar o‘rtasidagi barcha operatsiyalarning 96 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda.

Putin Rahmonning tashabbusi bilan Tojikistonning bir necha shahrida ta’lim rus tilida olib boriladigan va hozirda olti ming bola tahsil olayotgan beshta maktab ochilganini, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida esa 35 mingdan ortiq tojikistonlik talaba tahsil olayotganini eslatib o‘tgan. Dushanbeda Rossiya-Tojikiston universiteti ham faoliyat yuritayotganini qayd etib, madaniy sohadagi hamkorlik muvaffaqiyatlarini ta’kidlagan.

Rahmon, o‘z navbatida, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini barcha yo‘nalishlarda – savdo-iqtisodiy hamkorlikdan tortib, xavfsizlik va gumanitar sohadagi hamkorlikkacha ijobiy deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida yuz berayotgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida mamlakat fuqarosi halok bo‘lgani sababli afg‘on tomoniga norozilik notasini yuborgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing