Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar Tojikiston xalqining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadallashib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, transport, energetika, geologiya, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklik davom etmoqda.

Hududlar o‘rtasida va madaniy-gumanitar jabhada faol almashinuvlar amalga oshirilmoqda.

Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashgan, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing